Jahon | 22:31 / 30.10.2018
8059
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Saudiya Arabistonini Qoshiqchining jasadi qayerdaligini oshkor qilishga chaqirdi

Foto: AFP 2018 / Bulent Kilic

BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet jurnalist Jamol Qoshiqchining Turkiyada o‘ldirilishini xalqaro ekspertlar ishtirokida mustaqil tergov qilish uchun Saudiya Arabistonini uning jasadi qayerdaligini oshkor qilishga chaqirdi.   

“Istalgan qotillikning tergov qilinishida sud-tibbiyot ekspertizasi, jumladan jasadning yorib ko‘rilishi juda muhimdir va shu sababli Saudiya Arabistonini Qoshiqchining jasadi qayerdaligini zudlik bilan oshkor qilishga chaqiraman”, deb aytilgan Bachelet nomidan tarqatilgan bayonotda.  

“Tergov biror siyosiy ta'sirlarsiz o‘tkazilishi uchun unga barcha dalillar va guvohlarga to‘liq ega bo‘la oladigan xalqaro mutaxassislarni jalb qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi”, deb aytgan Bachelet.

BMT vakilining ta'kidlashicha, Qoshiqchi ishida inson huquqlarining jiddiy buzilishlari bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlash va rasmiy lavozimlaridan qat'iy nazar, bu jinoyatning barcha ishtirokchilarini topish juda muhimdir.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid