Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliti bilan qoldirilgan “Lacetti”ni minib qochgan “jon qo‘shni” ushlandi
28 oktabr kuni kechqurun soat 20:00da Andijon tumani, “Chorbog‘” mahallasida yashovchi Bahrom Inomov o‘zining “Lacetti” rusumli avtomashinasini yashash uyi oldida kaliti bilan qarovsiz holda qoldiradi va xonadoniga kirib ketib, yarim soatlardan keyin avtomashinasi yo‘q ekanligini bilib, ichki ishlar bo‘limiga xabar beradi.
Shundan so‘ng viloyatda “To‘sib ushlash” maxsus rejasi harakatga keltirilib, barcha shahar-tuman IIBlariga, chegara harbiy qismlarga, Farg‘ona va Namangan viloyati IIBlariga xabar qilingan.
Andijon viloyati IIB YHXB matbuot xizmatining Kun.uzʼga ma'lum qilishicha, olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida avtomashinani B.Inomovning qo‘shnisi A.M. mast holatda minib qochgani aniqlanadi.
Ayni paytda A.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
21:51 / 08.05.2026
Andijonda mikroavtobusda 58 nafar bolani tashiyotgan haydovchi aniqlandi
09:26 / 01.05.2026
Andijonda yer savdosida gumonlangan hokim yordamchisi va mahalla raisi qo‘lga olindi
17:00 / 28.04.2026