Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Tramp tug‘ilish huquqi bo‘yicha fuqarolikni bekor qiladi
AQSh prezidenti Donald Tramp fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritish niyatida, unga ko‘ra Qo‘shma Shtatlar hududida tug‘ilgan migrantlar farzandlari bundan buyon Amerika fuqaroligini olishmaydi. Tramp bu haqda Axios on HBO hujjatli seriali uchun bergan intervyusida ma'lum qilgan.
Trampning ta'kidlashicha, unga «hamma» bu qarorni qabul qilish uchun konstitutsiyaviy tuzatishlar kerakligini aytgan.
«Lekin, bilasizmi nima? Bunga ehtiyoj yo‘q», - dedi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u AQSh kongressidagi aktni chetlab o‘tib, o‘z farmoni bilan bunday qaror qabul qilishi mumkin.
Shuningdek, Amerika yetakchisi insonning AQShga kelishi, farzandlar ko‘rishi va ularning avtomatik ravishda Qo‘shma Shtatlar fuqarosiga aylanishi bilan bog‘liq vaziyatni «kulgili», deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning oraliq saylovlar oldidan rejalari ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
19:05
Yangi davr urushlari: nimalar o‘zgardi, maqsadlar-chi?
11:32
Apacheʼni “qulatgan” iroqlik dehqon – Amerika harbiy vertolyotini miltiqda urib tushirib bo‘ladimi?
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
20:40 / 17.07.2026