Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning oraliq saylovlar oldidan rejalari ma'lum qilindi
AQSh prezidenti Donald Tramp 6 noyabrda bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlar oldidan bir qator mitinglar o‘tkazadi. Bu haqda «RIA Novosti» prezidentning rejalaridan xabardor manbaga asosan ma'lum qildi.
Jurnalistlar uchun matbuot anjumanida manbaning ma'lum qilishicha, Tramp respublikachi nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 11ta miting o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ta'kidlanishicha, u senatga saylovlarda kurash eng qizg‘in bo‘lgan shtatlarga tashrif buyuradi. Jumladan, bunday shtatlar orasida Florida, Missuri, Ogayo, Montana, Jorjiya va boshqalar bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Putin va Tramp o‘rtasidagi uchrashuvning asosiy maqsadini aytgandi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Trampning rejalashtirilayotgan uchrashuvidan ko‘zlangan asosiy maqsad «soatlarni tekshirib olish».
Mavzuga oid
19:05 / 18.07.2026
Yangi davr urushlari: nimalar o‘zgardi, maqsadlar-chi?
11:32 / 18.07.2026
Apacheʼni “qulatgan” iroqlik dehqon – Amerika harbiy vertolyotini miltiqda urib tushirib bo‘ladimi?
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
20:40 / 17.07.2026