Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xitoy fuqarolarini josuslikda aybladi
AQSh Adliya vazirligi Xitoyning bir necha fuqarosini josuslikda aybladi. Bu haqda Axios vazirlik vakiliga asosan xabar bermoqda.
Vazirlikdan ma'lum qilishlaricha, ushbu fuqarolar Xitoy razvedka xizmatlari uchun ishlashadi.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, ular bir qator xalqaro kompaniyalarning kompyuter tizimlarini buzib kirishgan va maxfiy aviatsiya ma'lumotlarini o‘g‘irlashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning telefoni Rossiya va Xitoy maxsus xizmatlari tomonidan tinglanayotgani xabar qilingandi.
The New York Times xabariga ko‘ra, AQSh maxsus xizmatlari prezident Donald Trampni shaxsiy telefoni yetarlicha himoyalanmagani borasida bir necha bor ogohlantirishgan. Maxsus xizmatlarning fikriga ko‘ra, Trampning telefonini Xitoy va Rossiya razvedkasi xodimlari tinglashmoqda.