Jahon | 09:04 / 31.10.2018
3169
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvador Assanjni «bo‘htonlardan tiyilishga» chaqirdi

Foto: Peter Nicholls/Reuters

Ekvador Tashqi ishlar vazirligi WikiLeaks portali asoschisi Julian Assanjni hukumat haqida keskin va asoslanmagan bayonotlardan tiyilishga chaqirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Vazirlikning Assanjga eslatishicha, Ekvador unga siyosiy boshpana taqdim etdi.

Tashqi ishlar vazirligi Julian Assanjni mamlakat suvereniteti va yaxshi nomiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish hamda «asoslanmagan bo‘htonlardan tiyilishga» chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Assanj Ekvador talablarini bajarishdan bosh tortgandi.

EFE agentligi xabariga ko‘ra, WikiLeaks asoschisi Ekvador hukumati tomonidan o‘zi uchun tuzib chiqilgan xatti-harakat qoidalariga amal qilishdan bosh tortgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid