Jamiyat | 14:21 / 31.10.2018
49757
1 daqiqa o‘qiladi

FVV Toshkentdagi fojia bo‘yicha o‘z taxminini bildirdi

Foto: KUN.UZ

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahar FVBdan olingan ma'lumotga asosan, joriy yilning 30 oktabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani, «Gavhar» MFY, Dilxush ko‘chasida yashovchi 4 nafar fuqarolar vafot etganligi va 1 nafari kasalxonaga yotqizilganligi aniqlangan. 

FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tibbiy ko‘rik va tekshiruv natijalariga ko‘ra ularga «Ovqatdan zaharlanish» dastlabki tashxisi qo‘yilgan.

Vafot etganlar:

1. A.A. 1996 y.t.
2. I.A. 2003 y.t.
3. E.A. 2001 y.t.
4. F.A. 2012 y.t.

Jabrlangan:

1. U.X. 1976 y.t. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi fojia bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilgani, sabablar o‘rganilayotgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid