Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlar Mahkamasida Agrosanoat sohasiga vaqtincha mas'ul tayinlandi
Bugun, 31 oktabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodovga yangi vazifa topshirilgan.
«Kun.uz» manbasi xabar qilishicha, Prezident adminstratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov prezident topshirig‘iga ko‘ra, bosh prokurorga O‘zbekiston hukumatida yangi vazifa topshirilganini ma'lum qilgan.
Endilikda Bosh prokuraturaga Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining samarali faoliyat olib borishida ko‘maklashish va bu sohada qonunning qat'iy ijrosini ta'minlash vazifasi yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, 29 oktabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Zoyir Mirzayev shov-shuvli ravishda ishdan bo‘shatilgandi.
Foto: KUN.UZ
Ma'lumot uchun, Otabek Murodov 1975 yili Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Bosh prokuraturaning jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi, Adliya vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
U 2002 yili Prezident farmoniga ko‘ra «Jasorat» medali bilan taqdirlangan. 2017 yil martida O‘zbekiston Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi etib tayinlangan. U 3-darajali davlat adliya maslahatchisi hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:48 / 24.11.2025
Zoyir Mirzayev ayollarning tandirda non yopmay qo‘yganini tanqid qildi
19:43 / 07.10.2025
“Bizni Xudo asradi” - Zoyir Mirzayev bog‘chalardagi zaharlanish haqida
08:50 / 01.09.2025
Germaniya Toshkent viloyatida maishiy chiqindilarni qayta ishlashi mumkin
16:08 / 26.08.2025