Özbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 29 oktabr kuni barça darajadagi davlat hokimiyati organlari rahbarlarining majburiy mehnatning har qanday şakl va körinişlariga yöl qöymaslik borasidagi javobgarligini oşiriş töğrisida farmon qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Farmonga muvofiq, ğalla ekiş va suğoriş işlarini taşkil etiş jarayonida jiddiy kamçiliklarga yöl qöygani bois Zoyir Toiroviç Mirzayev Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari – Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qişloq va suv xöjaligi, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.
Zoyir Mirzayev 1968 yil 10 mart kuni Samarqand viloyati Jomboy tumanida tuğilgan. Ma'lumoti – oliy. 1994 yilda Toşkent moliya institutini iqtisodçi mutaxassisligi böyiça tamomlagan. 2008-2010 yillarda - Samarqand şahar hokimi. 2010 yil 17 dekabrdan 2016 yil 15 dekabrgaça Samarqand viloyati hokimi. 2016 yildan 2018 yilgaça boş vazir örinbosari - Qişloq va suv xöjaligi vaziri, agrosanoat majmuasi rahbari. 2018 yildan - boş vazir örinbosari - agrosanoat, oziq-ovqat va xalq iste'mol mollari majmuasi rahbari bölib işlagan.
Avvalroq, 27 oktabr ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari bloknot tutgan olti kişining ariq suvida turgani tasvirlangan suratni muhokama qilişdi. Kun.uz muxbirlari suriştiruvi davomida uşbu holat Toşkent viloyati Oqqörğon tumani, “Abdunosir Ğulom” fermer xöjaligi maydonida yuz bergani aniqlandi.
Kun.uz’ga öşa kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari Zoyir Mirzayev Oqqörğonda, suvga botgan oltovlondan sal narida bölgani haqida tuman hokimi örinbosari Şerzod Murodov aytib bergandi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarlarning burçi, mas'uliyati va ma'naviyati masalasiga alohida e'tibor qaratib kelmoqda.
Davlat rahbari, jumladan, bunday degandi: "Iş yuzasidan talabçanlik qiliş boşqa, odamlarning şaxsiyatiga tegiş butunlay boşqa narsa. Odamlar iş yuzasidan sizga böysunişi mumkin, boşqa har qanday masalada siz bilan teppa-teng huquqqa ega ekanini aslo esdan çiqarmang. ...Barçamiz yaxşi bilamiz, xalqimiz oriyatli, nomusli xalq. Xalqimiz barça narsaga çidaşi mumkin, lekin takror-takror aytaman, adolatsizlik va nohaqlikka çiday olmaydi. Haqiqiy rahbar, haqiqiy yetakçi odamlarning bardoşini sinaş uçun emas, balki ularga munosib şart-şaroit yaratib beriş, oğirini yengil qiliş uçun rahbar etib tayinlanadi. Barça böğindagi rahbarlar özining odob-axloqi va madaniyati bilan hammaga örnak va namuna bölişi zarur”.

















