Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya va Fransiya Rossiyani YeXHT droniga hujumda aybladi
Germaniya va Fransiya vakillarining ma'lum qilishicha, Ukraina sharqida YeHHT missiyasining uchuvchisiz uchar qurilmasi urib tushirilgani uchun Rossiya javobgardir. Bu haqda Berlin va Parij qo‘shma bayonotida aytiladi, deya xabar beradi Reuters.
Bayonotda aytilishicha, YeXHT uchuvchisiz uchar qurilmasi 27 oktabr kuni Donetsk va Lugansk «xalq respublikalari» («DXR» va «LXR») tomonidan nazorat qilinadigan hudud uzra urib tushirilgan. Bayonot tuzuvchilari ta'kidlashicha, Rossiyaning hodisaga aloqadorligi bo‘yicha xulosaga monitoring missiyasi tomonidan to‘plangan ma'lumotlar yordamida kelish mumkin.
«Rossiya va u tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan separatchilar uchuvchisiz uchar qurilmaning urib tushirilishi uchun mas'uldirlar», - deya xabar qilinadi qo‘shma bayonotda.
Rasmiy Moskva Ukraina janubiy-sharqidagi harbiy mojaroga aloqasi borligini rad etib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeXHT sobiq vakili Donbassdagi aholi azob-uqubatlarini qanday to‘xtatish mumkinligini tushuntirgandi.
Mavzuga oid
18:12
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
23:45 / 27.06.2026
Germaniyada jazirama harorat bo‘yicha yangi rekord
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
10:27 / 27.06.2026