Sport | 10:30 / 02.11.2018
11227
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy madhiyasi yangraganda boshini qashigan futbolchi jazolandi

Xitoy futbol federatsiyasi «Shandun Lunen» klubi futbolchisi Diyego Tardellini 1 o‘yinga diskvalifikatsiya qildi.

33 yoshli futbolchi «nomunosib ahloqi» uchun jazolangan: Tardelli Xitoy chempionatidan o‘rin olgan «Shanxay Telleys»ga (2:4) qarshi o‘yindan oldin yangragan mamlakat madhiyasi paytida boshini qashlagan. 

Joriy mavsumda Tardelli 24ta o‘yin o‘tkazib, 17ta gol urgan va 7ta golga hammualliflik qilgan.

 
Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid