Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston: MDH doirasida ortiqcha savdo to‘siqlarini bartaraf etish lozim
Foto: AKIpress
Qirg‘iziston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida ortiqcha savdo to‘siqlari bartaraf etilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda 2 noyabr kuni Ostona shahrida, MDH Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi yig‘ilishi davomida Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilg‘oziyev xabar berdi.
U mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishning asosiy vositasi bo‘lgan erkin savdo hududi bo‘yicha shartnoma salohiyatidan to‘liq foydalanish zarurligini ta'kidladi.
«Barchamiz bilamizki, bu sohada katta foydalanilmagan salohiyat mavjud. O‘zaro savdo uchun maksimal qulay shart-sharoitlar yaratish tarafdori bo‘lgan qirg‘iz tomoni himoya choralari miqdori bundan keyin qisqarishi hamda savdoda ortiqcha to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha ishni davom ettirish kerak, deb hisoblaydi», - deya ta'kidlab o‘tdi Muhammadkaliy Abilg‘oziyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nazarboyev MDH hukumat rahbarlari bilan uchrashgandi.
Mavzuga oid
20:25 / 10.02.2026
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi
18:17 / 10.02.2026
Tashiyev bir necha kun oldin Germaniyaga uchib ketgan – manba
16:01 / 10.02.2026
Qamchibek Tashiyev ishdan ketdi
11:17 / 10.02.2026