Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShga qaytgan hurmat haqida ma'lum qildi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, jahon hamjamiyati yana Qo‘shma Shtatlarni hurmat qila boshladi. U bunday bayonot bilan Missuri shtatidagi tarafdorlari mitingida chiqish qildi, tadbirdan translyatsiya NBC telekanali tomonidan efirga uzatildi.
Amerika yetakchisining ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlarni «yana hurmat qila boshlashdi». U mitingda ishtirok etayotganlarga «ular bu haqda qachonlardir eshitishlari mumkinligini hatto o‘ylamaganliklari» haqida aytdi.
«Ular [dunyo hamjamiyati] bizni hurmat qilmoqda, Xitoy hurmat bilan qaramoqda... Rossiya bizga hurmat ko‘rsatmoqda... ularning barchasi AQShni hurmat qilmoqda», - deya ma'lum qildi Tramp.
Shuningdek, uning aytishicha, jahondagi «har bir» yetakchi uni Qo‘shma Shtatlar iqtisodiy yutuqlari bilan tabriklayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda Obamani dunyodagi eng katta yolg‘onchi deb atashgandi.
Mavzuga oid
23:15 / 14.07.2026
AQSh Davlat kotibi Haaga tribunalini tugatishga va’da berdi
22:08 / 14.07.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan kemalar o‘tishi uchun to‘lov olish fikridan qaytdi
10:10 / 14.07.2026
Lindsi Gremning o‘rnini uning singlisi egalladi
09:40 / 14.07.2026