AQŞning Viskonsin ştati gubernatori Skott Uolker Qöşma Ştatlar sobiq prezidenti Barak Obamani dunyodagi eng katta yolğonçi deb atadi va uning ObamaCare tibbiy suğurta tizimini tanqid qildi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.
Uolker bunday bayonot berganida, u 2013 yilda Politificat portali Obamaning ObamaCare barçaga hamyonbop bölişi borasidagi sözlarini «yil yolğoni», deb atagani haqida eslatib ötdi.
«Mening fikrimça, agar sen [Obama] soğliqni saqlaş tizimi va uning mavjud şaroitlari haqida yolğon gapirişda davom etmoqçi bölsang, unda seni dunyodagi eng katta yolğonçi deb aytiş mumkin», - deya ma'lum qildi Uolker.
Avvalroq, Obama va Uolker bir-birini AQŞ soğliqni saqlaş tizimi haqidagi fikrlari uçun bir neça bor tanqid qilişgan.
2017 yil yanvar oyida AQŞning amaldagi prezidenti Donald Tramp kongress kömagida ObamaCare’ni bekor qiliş böyiça çoralar kördi.
Joriy yilning fevral oyida AQŞning törtta şahri Trampni ObamaCare’ga zarar yetkazgani uçun sudga bergani xabar qilingan edi.
Eslatib ötamiz, bundan avval Obama Trampning iqtisodiy yutuqlari böyiça bayonot bergandi.












