Jahon | 09:05 / 03.11.2018
21330
2 daqiqa o‘qiladi

Kirsten Nilsen: AQSh tayyor turibdi

Foto: AFP

AQSh Ichki ishlar vazirligi rahbari Kirsten Nilsenning ma'lum qilishicha, 6 noyabrda bo‘lib o‘tadigan kongressga saylovlar «zamonaviy davrdagi eng xavfsiz jarayonga aylanadi». Bu haqda Fox News xabar qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlardagi mavjud vaziyat 2016 yildagi holatdan farq qiladi. Uning qayd etishicha, mamlakat saylov jarayoniga har qanday aralashuvga tayyor turibdi.

«Menimcha, prezident aniq gapirdi: agar bizga hujum qilishsa, o‘zimizni himoya qilamiz», - dedi Nilsen.

Uning qo‘shimcha qilishicha, buning uchun hukumat tasarrufida bo‘lgan barcha vositalar ishlatiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Xitoyning tijorat josusligi bilan kurash boshlagani xabar qilingandi.

CNN telekanalining ta'kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Trampning ma'muriyati Xitoy tomonidan iqtisodiy josuslikka qarshi kurash bo‘yicha choralar ko‘rmoqda. Shuningdek, amaldorlar Amerika kompaniyalarini himoya qilishga urinishmoqda va tijorat sirlarini o‘g‘irlash bilan kurash bo‘yicha yangi choralar haqida e'lon qilishdi.

Mavzuga oid