Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama harbiylarni AQSh chegarasidagi «tryukka» jalb etgan Trampni tanqid qildi
Foto: AFP
AQSh prezidenti Donald Trampdan avvalgi davlat rahbari Barak Obama amaldagi yetakchini migrantlar haqidagi salbiy bayonotlari tufayli tanqid qildi. Tramp ular yordamida «odamlarni qo‘rqitmoqchi», deb xabar qiladi Mediaite.
Obamaning so‘zlariga ko‘ra, Tramp ma'muriyati AQSh chegarasidan 1,5 ming kilometr masofada bo‘lib turgan «qashshoq qochqinlar guruhi» tomonidan kelayotgan tahdid haqida gapirmoqda.
«Ular (Tramp ma'muriyati) hatto bizning jasur harbiylarni oilasidan chaqirib olib, chegaradagi siyosiy tryuk uchun foydalanishmoqda», - dedi Obama.
Uning qo‘shimcha qilishicha, amerikalik harbiy xizmatchilar bundan ancha yaxshiroq narsaga loyiqdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda Obamani dunyodagi eng katta yolg‘onchi deb atashgandi.
Fox News telekanali xabariga ko‘ra, Viskonsin shtati gubernatori Skott Uolker Qo‘shma Shtatlar sobiq prezidenti Barak Obamani dunyodagi eng katta yolg‘onchi deb atadi va uning ObamaCare tibbiy sug‘urta tizimini tanqid qildi.
Mavzuga oid
08:53 / 05.01.2026
Die Zeit: BND yillar davomida Obamaning samolyotidan qo‘ng‘iroqlarni tinglab kelgan
08:38 / 01.12.2025
Tramp urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imkoniyatini “yaxshi” deb baholadi
10:40 / 25.11.2025
Livitt: Ukraina bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, lekin prezidentlar bu hafta uchrashmaydi
08:53 / 07.11.2025