Jahon | 19:51 / 04.11.2018
3059
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya hukumati Brexit bo‘yicha maxfiy kelishuv borligini rad etdi

Britaniya hukumatida go‘yoki rasmiy London Yevropa Ittifoqidan Britaniyaga Brexit’dan keyin ma'lum muddatga bojxona ittifoqida qolishga imkon beradigan yon bosishlarga erishgani haqidagi xabar rad etildi. Bu haqda Sky News nashri xabar berdi. 

Hukumat vakili The Sunday Times nashri tarqatgan bu haqdagi xabarlarni “chayqovchilik” deb atagan.

“Bosh vazir YeI bilan bo‘lg‘usi munosabatlar bo‘yicha muzokaralarda taraqqiyotga erishmoqchiligimizni va YeIdan chiqish shartlari bo‘yicha kelishuv 95 foizga tayyorligini aniq tushuntirdi. Muzokaralar davom etmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan manba.

Yevropa Ittifoqi bilan bojxona ittifoqida qolish Britaniyaga ba'zi ustunliklar, jumladan Irlandiya bilan chegarada katta ko‘lamli chegara nazoratini tiklashdan qochishga imkon beradi. Ushbu masala YeI va Britaniya o‘rtasida hal qilinmagan muammolar ro‘yxatida qolmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid