Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi ilk suzuvchi atom stansiya ishga tushirildi
Foto: TASS
Rossiyada suzuvchi atom energoblokining reaktori ishga tushirildi. Bu ma'lumotni atom tarmog‘i vakili tasdiqladi.
Ta'kidlanishicha, 2 noyabrda “Akademik Lomonosov” suzuvchi energobloki o‘ng bortining reaktor qurilmasi ishga tushirilgan.
20870-loyihadagi “Akademik Lomonosov” suzuvchi energobloki kichik quvvatli mobil energobloklar seriyasining bosh loyihasi hisoblanadi. U suzuvchi atom issiqlik elektr stansiyasi tarkibida ishlashga mo‘ljallangan va o‘zidan Rossiya atom kemasozligi texnologiyalari asosidagi energiya manbalarining yangi sinfini aks ettiradi.
Energoblok Chekka Shimol va Uzoq Shark hududlarida qo‘llashga mo‘ljallangan va uning asosiy vazifasi chekka sanoat korxonalari, port shaharlari, dengizda joylashgan gaz va neft platformalarini energiya bilan ta'minlashdan iborat. Energoblokni 2019 yil dekabrda ekspluatatsiyaga kiritish rejalashtirilgan.
Ma'lum qilinishicha, “Akademik Lomonosov” 100 ming aholiga ega shaharni ta'minlashga yetadigan elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqara oladigan 2 ta reaktor qurilmasi bilan jihozlangan.
Mavzuga oid
23:26 / 10.02.2026
Rossiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan migrantlar uchun jarima 12,5 baravar oshiriladi
18:48 / 10.02.2026
Rossiyada daromadi yashash minimumidan past bo‘lgan migrantlarga patent berilmaydi
15:06 / 10.02.2026
Ishinger: Epshteyn ishida Rossiya izi bo‘lsa, hayron bo‘lmayman
14:58 / 10.02.2026