Jahon | 21:52 / 05.11.2018
12183
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Eronga kiritilgan sanksiyalardan xoli davlat va hududlarni ma'lum qildi

Foto: EPA-EFE/ABEDIN TAHERKENAREH

Qo‘shma Shtatlar Gretsiya, Hindiston, Italiya, Turkiya, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Xitoy hamda Tayvanni Eronga kiritilgan "neft" sanksiyalaridan chiqardi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo ma'lum qildi.

"Biz bir nechta mamlakat uchun vaqtinchalik istisno kiritish va neft bozoridagi yuqori talabni ta'minlashga qaror qildik. AQSh Eronga qarshi sanksiyalar doirasida Xitoy, Hindiston, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya vaTayvan uchun istisno kiritadi. Bu davlatlarning har biri oxirgi olti oy ichida Erondan neft sotib olishni sezilarli darajada kamaytirdi", - dedi u.

Uning ta'kidlashicha, AQSh Eron neft importini nolga tushirish uchun boshqa davlatlar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. 

"20dan ortiq importchi mamlakatlar Erondan neft sotib olishni nolga tushirdi va shu tarzda bozordan 1 mln barrel Eron nefti chiqib ketdi. May oyidan bugunga qadar Eron rejimi neft savdosida 2,5 mlrd dollar daromad yo‘qotdi", - dedi Pompeo.

Pompeo shuningdek, "Busher" AESi va mamlakatdagi ikkita yadroviy loyiha sanksiyalarga tushmasligini qo‘shimcha qildi.

U nazarda tutgan ikki loyiha Arak va Fordodagi obektlar bo‘lishi mumkin. Busherdagi AES esa Rossiya tomonidan qurilgan bo‘lib, bu obektga yadroviy yonilg‘i Rossiya tomonidan yetkazib beriladi.

Mavzuga oid