Jahon | 20:33 / 05.11.2018
4097
2 daqiqa o‘qiladi

Armaniston Bosh prokuraturasi Xachaturovga nisbatan munosabatni qat'iylashtirmaydi

Foto: Aysor

Armaniston Bosh prokuraturasi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) ning sobiq bosh kotibi Yuriy Xachaturovga nisbatan profilaktika choralarini o‘zgartirish niyatida emas. Bu haqda dushanba kuni o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura bo‘lim boshlig‘i Arevik Xachatryan ma'lum qildi.

“KXShT Bosh kotibi lavozimidan olib tashlanishi Yuriy Xachaturovga nisbatan profilaktika chorasini o‘zgartirish uchun yangi asos bo‘lolmaydi. Prokuratura Xachaturovga nisbatan profilaktika choralarini qayta ko‘rib chiqish zarur, deb hisoblamaydi“, dedi u.

2 noyabr kuni KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashining qaroriga binoan Yuriy Xachaturov tashkilotning Bosh kotibi lavozimidan ozod etildi. Uni lavozimdan olish to‘g‘risidagi ishni barvaqt ko‘rib chiqish arman tomoni tashabbusi bilan yuz berdi.

Armaniston Bosh vaziri Arman Yegoyanning so‘zlariga ko‘ra, 8 noyabr kuni Ostona shahrida o‘tkazilishi kutilayotgan tashkilotning yangi sammitida KXShT bosh kotibi lavozimiga yangi shaxsni tayinlash masalasi muhokama qilinadi.

26 iyul kuni Armaniston Maxsus tergov xizmati KXShT Bosh kotibi Yuriy Xachaturovni 2008 yilda konstitutsion tuzumni ag‘darishda ayblagandi. U sud qarori bilan hibsga olingandan so‘ng, shaharni tashlab ketmaslik sharti bilan, kafolat pulini to‘lagan holda ozodlikka chiqarilgan.

Mavzuga oid