Jahon | 10:49 / 05.11.2018
14889
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadada ikkita samolyot to‘qnashib ketdi

Foto: JUSTIN TANG/THE CANADIAN PRESS

Kanada poytaxti Ottavadan 30 km uzoqlikda joylashgan Karp shahri osmonida ikkita yengil motorli samolyot to‘qnashib ketdi. 

Voqea mahalliy vaqt bilan soat 10:11 atrofida yuz bergan. Samolyotlardan biri to‘qnashuvdan keyin ekin maydoniga qulagan. Ikkinchi samolyot esa Ottava xalqaro aeroportiga yo‘naltirilgan va u yerda muvaffaqiyatli qo‘na olgan. Bu samolyot 11 kishilik Piper Cheyenne samolyoti bo‘lib, uning bortida 2 kishi bo‘lgan.

Qo‘ngan samolyot uchuvchisi boshqa samolyot uning samolyoti tubiga urilib, o‘ng shassisiga tekkanini ma'lum qilgan.

Politsiyada qulagan samolyot bortida necha kishi bo‘lgani, ular omon qolgan-qolmagani ma'lum qilinmagan. Biroq tibbiy doiralardagi manbaning ma'lum qilishicha, qulagan samolyot uchuvchisi voqea joyida halok bo‘lgan.

Voqea joyida qutqaruvchilar, shifokorlar va politsiyachilar ish olib borgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid