Jahon | 18:44 / 05.11.2018
16195
1 daqiqa o‘qiladi
Koalitsiya Suriyaning Hajin shahriga hujum chog‘ida oq fosfordan foydalandi
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriyaning Hajin shahri bo‘ylab aviazarba berish chog‘ida oq fosfordan foydalandi, deb xabar berdi SANA agentligi.
Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida hozircha ma'lumot yo‘q.
Koalitsiya xuddi shunday zarbalarni 13 va 29 oktabr kuni ham bergandi. O‘shanda Pentagon vakili AQSh Suriyada qanday qurollardan foydalanyotganini oshkor qilmasligini, ammo ular xalqaro talablarga muvofiq kelishini bildirgandi.
Fosforli bombalar ommaviy qirg‘in quroli hisoblanib, 1949 yilgi Jyeneva konvensiyasiga qo‘shimcha protokolga ko‘ra ulardan foydalanish taqiqlangan.