«Real» safida «Oltin to‘p»ga nomzod bo‘lgan futbolchi butsalarini mixga ildi
Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Rafael van der Vart futboldagi faoliyatiga yakun yasaganini e'lon qildi.
35 yoshli futbolchi avgust oyidan buyon Daniyaning «Esberg» klubi sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U so‘nggi vaqtlarda ketma-ket jarohatlar ola boshlagan.
«Buni to‘xtatishim kerak, deb o‘ylayapman. Men bu yerga futbol o‘ynash uchun kelganman, davolanish uchun emas. Iloji boricha uzoqroq vaqt to‘p surishni istagan edim, ammo buning imkoni bo‘lmadi», - deb aytgan van der Vartdan iqtibos keltirdi Voetbalprimuer.
Rafael «Ayaks» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U kattalar futbolidagi faoliyatining dastlabki yillarida (1999-2005) amsterdamliklar tarkibida o‘ynagan. Shundan so‘ng Germaniyada «Hamburg» (2005-2008, 2012-2015), Ispaniyada «Real» (2008-2010) va Angliyada «Tottenhem» (2010-2013) kabi jamoalar libosini kiygan. U 2001-2013 yillarda Niderlandiya terma jamoasi a'zoligida 100 dan ortiq o‘yinda maydonga tushgan.
Qo‘shimcha qilish joiz, van der Vart 2008 yilgi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan, ammo mukofot o‘sha vaqtda «Manchester Yunayted» a'zosi bo‘lgan, keyinchalik o‘z jamoadoshiga aylangan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduga nasib etgan edi.
Mavzuga oid
02:06 / 15.08.2024
«Real» «Atalanta»ni mag‘lub etib, UYeFA superkubogini eng ko‘p yutgan klubga aylandi
01:58 / 02.06.2024
«Real» - 15 karra Chempionlar Ligasi g‘olibi
18:50 / 09.05.2024
Dunyoning eng qimmat klublari reytingi e’lon qilindi
02:05 / 22.04.2024