Jahon | 21:30 / 06.11.2018
9508
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning Eronga qarshi sanksiyalari dunyodagi muvozanatni izdan chiqaradi – Erdo‘g‘an 

Foto: Anadolu Agency

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQShning Eronga qarshi sanksiyalarini noto‘g‘ri deb atadi. 

Erdo‘g‘anning aytishicha, ushbu sanksiyalar dunyodagi muvozanatni izdan chiqaradi. Turkiya yetakchisi AQSh sanksiyalari xalqaro huquq va diplomatiya me'yorlariga zid ekanligini ta'kidlab o‘tgan.

“Turkiya xalqaro darajadagi imperializmga qarshi”, deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an. 

Turkiya prezidenti, shuningdek, kurd mudofaa otryadlari (YPG) jangarilarining Suriyaning Manjub tumanini patrullashda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytgan. 

“Turkiya bunga rozi bo‘lmaydi. Bu qadam Turkiya-Suriya chegarasidagi vaziyatni jiddiy murakkablashtiradi”, deb ta'kidlab o‘tgan Erdo‘g‘an. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid