Jahon | 13:30 / 06.11.2018
51104
2 daqiqa o‘qiladi

Makron Putin va Tramp uchrashuvini barbod qildi

Grigory Dukor/Reuters

Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Trampning to‘liq formatdagi uchrashuvi fransuzlar yetakchisi Emmanuel Makron tufayli barbod bo‘ldi. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda «Kommersant'» xabar bermoqda.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Makron Parijdagi sammit atrofida boshlangan ajiotaj Birinchi jahon urushi yakunlanganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkaziladigan marosimlarni soya ostida qoldirishini istamagan.

Aniqlik kiritilishicha, Makron Moskva va Vashingtondan siyosatchilarning o‘zaro uchrashuvini Parijda o‘tkazmaslikni va Yelisey saroyidagilarning marosimlarga ko‘rgan tayyorgarliklarini chippakka chiqarmaslikni so‘ragan.

23 oktabr kuni Putin Trampga 11 noyabr kuni Parijda Birinchi jahon urushi yakunlanganining 100 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan marosim vaqtida uchrashishni taklif qilgandi.

5 noyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Parijda rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan alohida uchrashuv o‘tkazishiga ishonchi komil emasligini aytdi.

«Biz Parijda uchrashishimizga kafolat yo‘q, katta ehtimol bilan uchrashuv bo‘lmaydi. Biz G20 sammiti doirasida (Argentinada) uchrashishimiz mumkin. Keyin ham bizda ko‘p uchrashuvlar bo‘lib o‘tishiga aminman»,— degan janob Tramp.

Mavzuga oid