Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eronning Choboxor portini sanksiyalar ostidan chiqardi
AQSh Eronning Afg‘oniston va Hindiston tomonidan energiya zaxiralarini tashish uchun ishlatiluvchi Choboxor portini sanksiyalar ta'siri ostidan chiqardi.
“Davlat kotibi uzoq mulohazalardan keyin Afg‘oniston tomonidan nosanksiyaviy mahsulotlarni tashish uchun qo‘llanuvchi Choboxor porti va u bilan bog‘lanadigan temir yo‘l qurilishini sanksiyalar ostidan chiqarishga qaror qildi”, deyilgan AQSh davlat departamenti xabarida.
“AQSh prezidentining Janubiy Osiyodagi strategiyasi Afg‘oniston iqtisodiyoti o‘sishini qo‘llab-quvvatlash hamda Hindiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Biz bu siyosat doirasida Eronga maksimal bosimni saqlab qolgan holda ushbu ikki davlat bilan hamkorlikni mustahkamlash niyatidamiz”, deb qo‘shimcha qilingan davlat departamentida.
Mavzuga oid
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026