Jahon | 18:10 / 07.11.2018
10024
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyadan barcha xorijiy harbiy kuchlar olib chiqib ketilishiga erishmoqchi

Foto: Wikimedia

Vashington 2011 yildan buyon Suriya mojarosiga qo‘shilgan barcha xorijiy qurolli kuchlar mamlakatni tark etishi uchun bor kuchini safarbar qiladi, dedi AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Jyeyms Jyeffri.

"Avvaldan u yerda bo‘lgan Rossiya o‘zicha ketmaydi, ammo yana to‘rtta xorijiy harbiy kuchlar: Isroil, Turkiya,Eron va AQSh ham o‘sha yerda. Bu xavfli holat ekanligini Suriya armiyasi Isroil samolyotlariga hujum chog‘ida Rossiyaning Il-20 samolyotini urib tushirgan voqeadan ham ko‘rish mumkin", — dedi Jyeffri.

Suriyada 2011 yildan buyon qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda. 2017 yil oxirida Suriya va Iroqda o‘rnashib olgan "Islom davlati" terrorchilik guruhi ustidan g‘alaba qozonilgani e'lon qilindi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid