Jahon | 08:43 / 07.11.2018
9280
1 daqiqa o‘qiladi

Kuba yetakchisi Shimoliy Koreyaga tashrifini yakunladi

Foto: vk.com/solidarity_dprk

Kuba davlat kengashi raisi Migel Dias-Kanel Bermudes Pxenyanga tashrifini yakunladi. 

Avvalroq “Nodon Sinmun” nashri Kuba yetakchisi o‘z tashrifi bilan “Kuba va Shimoliy Koreya xalqlarining do‘stona aloqalarini navbatdagi marta namoyish qilganini” qayd qilgan. 

Dias-Kanel tashrifi davomida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazgan, Shimoliy Koreya asoschisi Kim Ir Sen nomidagi universitet va Mangyonde inqilobiy maktabiga tashrif buyurgan.

Ma'lum qilinishicha, Kim Chen In yuqori martabali mehmonni Pxenyan aeroportida shaxsan o‘zi kuzatib qo‘ygan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid