Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mayda» iqtisodiy ishlar soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqiladi
Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Doing business» yillik hisobotida mamlakat reytingini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oliy sud Iqtisodiy protsessual kodeksga kiritiladigan tuzatishlar loyihasini ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda «Norma».
Unga ko‘ra, bahosi yuridik shaxslarga nisbatan 20 EKIHdan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan esa 5 EKIHdan oshmaydigan da'volarni soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish taklif etilmoqda. Ushbu mexanizm korporativ nizolar bo‘yicha ishlarga va huquqiy ta'sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarga tatbiq etilmaydi.
IPKga iqtisodiy ishlarning soddalashtirilgan tartibda ko‘rilishini tartibga soluvchi yangi bobni kiritish rejalashtirilmoqda. Sudya ishlarni shaxsan o‘zi taraflarni chaqirmay ular taqdim etgan hujjatlar va dalillar asosida ko‘rib chiqadi. Da'vogarga va sudga o‘z murojaatini yuborish uchun javobgarga da'vo nusxasini olgan paytdan boshlab 10 kun muhlat beriladi.
Ko‘rib chiqish jadallashtiriladi – ajrim chiqarilgan kundan boshlab 20 kun ichida. Uni uzaytirish taqiqlanadi, bunda chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar yagona istisnoli holat hisoblanadi.
Tavsiflangan imkoniyatdan foydalanish uchun da'vogar ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni javobgarga taqdim etishi, shuningdek ishni soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqishni so‘rab iltimosnoma yozishi kerak bo‘ladi.
Bunday ishlar bo‘yicha hal qiluv qarorlari ixtiyoriy tartibda zudlik bilan ijro etilishi shart, aks holda keyinchalik undirish majburiy tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati topshiriladi. Soddalashtirilgan tartibda ko‘rilgan ishlar bo‘yicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari ustidan apellyatsiya shikoyatlari 10 kun ichida qabul qilinadi va sudga kelib tushgan paytdan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026