Jahon | 21:20 / 09.11.2018
11256
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya va Belgiya bosh vazirlarining korteji YTHga uchradi

Foto: Derniere heure

Buyuk Britaniya va Belgiya bosh vazirlarining korteji Belgiyaning Mons shahriga olib boradigan yo‘lda YTHga uchradi. VRT telekanalining xabar qilishicha, faxriy qorovulning ikki politsiyachi-mototsiklchisi jarohatlangan.

Derniere heure gazetasining aniqlashicha, hukumat rahbarlari korteji oldidagi mashinaning kutilmaganda keskin to‘xtashi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Kortejdagi mototsiklchilar to‘xtashga ulgurmagan va oldinda to‘xtagan mashinaga kelib urilishgan. Ular kasalxonaga yotqizilgan.

Bosh vazirlarning korteji so‘ngra Mons shahriga harakatlanishda davom etgan. Bu yerda Birinchi jahon urushi yakunlanganligining 100 yilligi munosabati bilan Sen-Simforen harbiy qabristonida marosim bo‘lib o‘tadi. Marosimdan so‘ng bosh vazirlar 11 noyabr kuni asosiy tadbirlar bo‘lib o‘tadigan Fransiyaga yo‘l olishadi.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid