Jahon | 11:51 / 09.11.2018
3030
3 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda ShHTning ilk yoshlar assambleyasi ochildi

Foto: Artem Ivanov/TASS

Xitoyning Dunfan shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar yoshlari vakillarining “ShHT yoshlari terrorchilik va ekstremizmga qarshi” shiori ostidagi ilk assambleyasi ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari zamonamizning dolzarb masalalari, jumladan terrorchilik, ekstremizmga qarshi kurash va ShHT hududida xavfsizlikni ta'minlash masalalarini muhokama qilishadi.

“Bugun ahamiyatli kun – ShHT tarixida yangi sahifa ochilmoqda. Do‘stlik va ShHT davlatlari rivojlanishiga o‘z ulushini qo‘shishga intilish ruhi bilan birlashgan siz yoshlar, Dunfanda o‘zingizning “Shanxay ruhi”ga qat'iy sodiqligingizni tasdiqlagani yig‘ildingiz”, deb aytgan marosim ochilishida ShHT bosh kotibi Rashid Alimov. 

Alimov zamonaviy dunyoda yosh avlod ko‘p sondagi xavflar, jumladan terrorchilik, ekstremizm, jahon iqtisodiyotidagi nobarqarorlik, ijtimoiy muammolarning keskinlashuvi kabi xavflarga to‘qnash kelayotgani ta'kidlab o‘tgan. Uning aytishicha, “Shunga qaramay, yoshlar chaqiriq va sinovlarga qo‘rqmasdan peshvoz chiqmoqda, yaratuvchanlik yondashuvini ko‘rsatmoqda, jamiyat hayotini yaxshilashga qaratilgan yangi g‘oyalarni faol ilgari surmoqda”.

Assambleya 9-11 noyabr kunlari ShHTning Pekindagi kotibiyati, ShHT davlatlari yoshlar ligasi va Dunfan shahri rahbariyati ko‘magida bo‘lib o‘tadi. Unda ShHT Yoshlar kengashi milliy qismlari, ShHT kotibiyatidagi Yoshlar ligasi va ShHTga a'zo davlatlar vakillari ishtirok etadi.  

Rashidovning aytishicha, yoshlar haqida qayg‘urish xalqaro terrorchilik, ekstremizm va jahon iqtisodiyoti nobarqarorligi sharoitida ShHTning ustuvor vazifasi hisoblanadi.

“Zamonaviy xavflar, xalqaro terrorchilik va ekstremizm, jahon iqtisodiyotidagi turbulentlik va ijtimoiy muammolarning keskinlashuvi – bu va boshqa omillar yoshlar to‘qnash kelayotgan chaqiriqlarni keskinlashtiradi”, deb aytgan ShHT bosh kotibi.

Alimovning ta'kidlashicha, “Yoshlarning jinoiy faoliyatga jalb qilinishi jamiyatda o‘rnatilgan an'anaviy tartib-qoidalarga putur yetkazadi, yosh avlodni munosib kelajakka umiddan mahrum qiladi. Biroq “Shanxay ruhi” bilan birlashgan yoshlar buzg‘unchi kuchlarga qat'iy qarshilik ko‘rsatishga, terrorchilik, ekstremizm va huquqiy nigilizm yot g‘oyalarining tarqalishiga qarshi kurashuvchi ulkan kuchga aylanishga qodir”.

Mavzuga oid