Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kubada ikkita tanali “siam-toshbaqalari” topildi
Kubalik Osvaldo Lopes Romero o‘g‘li bilan baliq ovlash uchun chuvalchang izlashga jo‘nab, natijada ikki tanali noodatiy toshbaqaga duch keldi.
Erkakning aytishicha, u chuvalchang kavlab olayotganda toshbaqa tuxumlari qo‘yilgan joyga duch kelgan. U bu yerda siam egizaklari, ya'ni bir-biridan ajralmay qolgan ikki egiz toshbaqaga duch kelgan. Ota-bola antiqa toshbaqalarni o‘zlari bilan olib ketishgan. Erkak hali tuxumni yorib chiqmagan egizaklar yashab ketishiga umid qilmagan. Biroq toshbaqalar ertasi kuni ularga “tortiq qilingan” baliq, tovuq bo‘laklari va chuvalchanglarni paqqos tushira boshlashgan.
Osvaldo keksa baliqchilarga topib olgan toshbaqalari haqida so‘zlab berganda, ular hech qachon bunday toshbaqaga duch kelishmaganini aytishgan. Bunga taajjublanmasa ham bo‘ladi, chunki bunday jonzotlar tabiiy muhitda yashab ketishlariga imkon juda kam.
“Siam toshbaqalari” haqidagi yangilik tezda tarqab ketgan. Ko‘pchilik 2 ta bosh, 4 ta old va 2 ta orqa panja, 2 ta dumga ega va kosalari bilan bir-biriga chatishib ketgan bu antiqa jonzotlarni ko‘rish va suratga olishni istay boshlagan. Tez orada toshbaqalar uchun pul taklif qiladiganlar ham topilgan. Biroq Osvaldoning oilasi toshbaqachalarni yoqtirib qolgani sababli ulardan ayrilishga oshiqmayapti.
“Ular shunchalik kichik va ojizki, biz ularga o‘zimiz qaraymiz. Balki ular o‘sib, o‘zini tutib olganda, ularni bunday jonzotlarni parvarishlash bilan shug‘ullanuvchi muassasaga topshirarmiz. Ular biz uchun bebahodir”, deb aytgan Osvaldo.
Mavzuga oid
09:01 / 07.07.2026
Kubada yana umummilliy elektr uzilishi yuz berdi
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
20:15 / 19.06.2026
Kuba parlamenti 65 yil ichidagi eng yirik iqtisodiy xususiylashtirishni ma’qulladi
10:10 / 12.06.2026