O‘zbekiston | 21:10 / 09.11.2018
27402
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati IIBning yangi rahbariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent viloyati IIB boshlig‘iga 3 nafar yangi o‘rinbosar tayinlangan.

Jumladan, podpolkovnik Rustamjon Xolmirzayevich Do‘stmatov Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallagan.

podpolkovnik
Dustmatov Rustamjon Xolmirzayevich

Podpolkovnik Aliaxmed Omonovich Choriyev Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshlagan.

podpolkovnik
Choriyev Aliaxmed Omonovich

Podpolkovnik Azizxon Abralxanovich Agzamov esa Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-moliya va moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi boshlig‘iga aylangan.

podpolkovnik
Agzamov Azizxon Abralxanovich

Eslatib o‘tamiz, 14 oktabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida paxta hosilini yig‘ib-terib olish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan selektor davomida Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida shu yilning yanvaridan buyon ishlab kelayotgan podpolkovnik Abdumalik Abduqodirovich Allamurodov ishdan olingandi.

15 oktabr kuni uning o‘rniga polkovnik Tohir Aripov Toshkent viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi.

Mavzuga oid