O‘zbekistonda 2021 yildan majburiy tibbiy sug‘urta tizimi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 noyabr kuni sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, hududlar aholisini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasidagi islohotlar natijalarini tahlil qilish va istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda, jumladan, tibbiy sug‘urta masalasiga ham to‘xtalib o‘tilgan.
«Bugungi kunda barcha rivojlangan davlatlarda majburiy tibbiy sug‘urta tizimi joriy etilgan. Bu orqali byudjyet xarajatlarini kamaytirish, tibbiy xizmat sifatini oshirishga erishilgan», — deb yozadi Prezident matbuot xizmati.
Yig‘ilishda 2021 yildan boshlab O‘zbekistonda ham majburiy tibbiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, Janubiy Koreya, Singapur, Germaniya kabi davlatlardan xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda, tegishli qonun va qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish zarurligi ta'kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil aprelida O‘zbekistonda «Tibbiy sug‘urta to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqilishi ma'lum qilingandi.
2018 yilning sentabrida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Janubiy Koreya O‘zbekistonga majburiy tibbiy sug‘urta tizimiga o‘tishda ko‘maklashishi haqida ma'lumot bergandi. U o‘z intervyusida majburiy tibbiy sug‘urta sohasida jahon tajribasini O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirish zarurligi haqida gapirgandi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
-
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi
Jahon | 00:30
-
Fransiyaning Renault kompaniyasi Ukraina uchun dronlar ishlab chiqaradi
Jahon | 00:05
-
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi
Jahon | 23:50 / 08.06.2025
Mavzuga oid

16:56 / 27.11.2024
SSV: O‘zbekistonda tibbiyot sohasini transformatsiya qilishda turkiyalik mutaxassislar yaqindan ko‘mak beradi

22:57 / 04.09.2024
Tibbiy sug‘urta doirasida tibbiy xizmat ko‘rsatish va dori berish davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi

18:56 / 04.07.2024
Vazir: “Yil oxirigacha elektron retsept tizimini yo‘lga qo‘yamiz”

12:24 / 22.05.2024