Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OPeK+ qo‘mitasi 2019 yilda neft qazib olishni qisqartirishni muhokama qiladi
OPeK+ vazirlar monitoring qo‘mitasi Vena kengashi mamlakatlari tomonidan 2019 yilda neft qazib olishni qisqartirish masalasini muhokama qiladi, deb ma'lum qildi Ummon sultonligi neft vaziri Muhammad Hamad al-Rumhiy.
"2019 yilda neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha ko‘plab takliflar tushdi. O‘ylashimcha, uni qanday qisqartirish va qanchaga qisqartirish masalasi muhokama qilinadi. Hozirda ko‘pchilik bozorda neft juda ko‘p deb hisoblamoqda", dedi u.
OPeK va ushbu tashkilot tarkibiga kirmaydigan qator davlatlar (OPeK+) 2016 yilda Venada neft qazib olishni sutkasiga 1,8 million barrelga qisqartirish haqida kelishib olishgandi. Shartnomaning amal qilishi 2017 yilda boshlangan va 2018 yil oxirigacha uzaytirilgandi.
Mazkur shartnomaga rioya qilinishini nazorat qilish uchun Venesuela, Quvayt, Jazoir, Ummon, Rossiya va Saudiya Arabistoni vakillaridan iborat vazirlar monitoring qo‘mitasi tuzilgandi. Qo‘mita yig‘ilishlarida OPeK bosh kotibi Muhammad Barkindo va OPeK prezidenti huquqi asosida BAA energetika vaziri Suhayl al-Mazruiy ham ishtirok etadi.
Mazkur qo‘mita yig‘ilishi bugun, 11 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
09:39 / 11.05.2026
Jahonda neft tanqisligi bir milliard barrelga yetdi
19:38 / 28.04.2026
BAA Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPeK va OPeK+) a’zoligidan chiqadi
08:17 / 20.03.2026