Jahon | 17:35 / 12.11.2018
14142
1 daqiqa o‘qiladi

Merkelni Fransiyada Makronning rafiqasi bilan adashtirib yuborishdi

Foto: AFP/Alain JOCARD

Germaniya kansleri Angela Merkelni Birinchi jahon urushi yakunlanganining 100 yilligi tufayli tashkil etilgan tadbirda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi Brijit Makron bilan adashtirib yuborishdi. Bu haqda BFMTV xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, bunday kutilmagan holat Germaniya va Fransiya yetakchilarining jamoatchilik bilan muloqoti paytida yuz berdi.

Fransiyalik 100 yoshli ayol Merkelga murojaat qilib: «Siz Makron xonimmi?», deya savol bergan. Bunga javoban kansler nemis tilida shunday javob qaytardi: «Germaniya kansleri».

Ta'kidlanishicha, ayol, katta ehtimol bilan, Brijit Makron bilan suhbatlashayotganiga ishonchi komil bo‘lgan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid