Light | 22:49 / 12.11.2018
35323
3 daqiqa o‘qiladi

Sayyoh fotojamlanmasi: O‘zbekistonga sayohat qilishga undovchi 20 surat

Asli Floridadan bo‘lgan, Londonda yashovchi Eleonora ismli ayol dunyoning turli mamlakatlari bo‘ylab sayohat qiladi hamda o‘z saytida sayohat bilan bog‘liq g‘oyalar, hikoyalar va suratlar bilan bo‘lishadi. Navbatdagi maqolasida u O‘zbekistonga sayohat qilishga undovchi 20 surat bilan bo‘lishib, ularga izoh bergan.

«Men bir yil davomida O‘zbekistonda yashab, ishladim. Aksariyat xorij fuqarolari kabi men ham ilgari bu mamlakat haqida ko‘p ma'lumotga ega emas edim. Tez orada men O‘zbekiston ilgari yashagan va sayohat qilgan barcha yo‘nalishlarimdan farqlanishiga amin bo‘ldim. Mamlakat bo‘ylab uyoqdan buyoqqa yugurib, unga mehr qo‘ydim.  

O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘li bilan bog‘liq qadimiy tarixga ega.

Madaniyat, savdo-sotiq, islom an'analari, matematika, ajoyib me'morchilik va sovet merosini o‘zida jamlagan mamlakat. O‘zbekiston - ko‘p kontrastlar mamlakati. Toshkentdagi sovet me'morchiligi, yashil bog‘lar va keng ko‘chalardan to moviy rangli madrasalaru sahrolargacha. Sayyoh sifatida bu yerda iliqlik va mehmondorchilikni his qilasiz.

Ushbu postimda O‘zbekistonda yashagan davrimda u yerda olingan sevimli suratlarim bilan bo‘lishaman.

Qadimiy Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridan tortib, to Qoraqalpog‘iston orqali yo‘q bo‘lib borayotgan Orol dengizi hamda Zomin milliy parkigacha. Sayohat qilish uchun tarixiy obidalar va noyob hududlar juda ko‘p!

Quyida O‘zbekistonga sayohat qilishga chorlovchi 20 surat!» - deb yozadi u.

Yomg‘irli kunda Xiva shahridagi manzara
Buxorodagi Mir-Arab madrasasiga nazar
Buxorodagi Labi Hovuz mehmonxonasi
Orol dengizi yaqinidagi Mo‘ynoq shahri
Sobiq baliqchilar shahri hisoblangan Mo‘ynoq yaqinidagi kemalar qabristoni
Qachonlardir Buyuk Ipak yo‘lining markaziy shahri bo‘lgan Samarqanddagi  mashhur Registon maydoni

Harakatdan to‘xtab qolgan qo‘ylar podasi – oddiy holat
Samarqanddagi Sherdor madrasasi
Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasi poytaxti Nukus yaqinida tuyalar bilan aks etgan kishi
Doim chiroyli plitkalar fonida suratga tushish - odat
Buxorodagi Kalon masjidi
Zomin milliy parkidagi tog‘larga nazar
Kalon masjidi hovlisi
O‘zbekistonning poytaxti Toshkentdan Chorvoqqa poyezdda sayohat
Zomin milliy parki yaqinidagi Zomin suv havzasi
Toshkentdagi qatag‘on qurbonlari muzeyi
Buxorodagi Mir-Arab madrasasi

Mavzuga oid