Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya prezidenti «rus josusi» ishi haqida gapirdi
Foto: Mixail Mettsel/TASS
Avstriya prezidenti Aleksander Van der Bellenning ma'lum qilishicha, «Rossiya foydasiga» josuslik qilish bo‘yicha ish yuzasidan yangi ma'lumotlar bir necha haftadan so‘ng paydo bo‘ladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Avstriya hukumati qanday turdagi ma'lumot uzatilganini bilishga harakat qilmoqda.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat hukumati «hammasi qanchalik jiddiy darajada» ekanini aniqlash bilan band.
Van der Bellenning ta'kidlashicha, Avstriya hukumati bu ish yuzasidan barcha narsani ochiq-oydin bayon etganidan hayratga tushgan.
Avvalroq, Interfax Avstriya hokimiyati davlat sirini Rossiya tomoniga oshkor qilishda gumonlanayotgan yana bir shaxs ustidan tergov-surishtiruv ishlarini olib borayotgani haqida xabar bergandi.
Kronen Zeitung gazetasi xabar qilishicha, u — Konstitutsiyani himoya qilish va terrorizmga qarshi kurashish Federal idorasi (kontrrazvedka) xodimidir. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu idora ofisida ilgariroq keng miqyosli tintuv o‘tkazilgan. Bundan tashqari, gumonlanuvchi yashaydigan manzilda ham tergovoldi tadbirlari bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
08:33
Yevropa Ittifoqi Putin bilan ehtimoliy muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda
08:18
Zelenskiy xorijiy siyosatchilarni Moskvada 9 may bayramini nishonlashdan tiyilishga chaqirdi
21:50 / 07.05.2026
Rossiya urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishdan «ma’no ko‘rmayapti»
20:24 / 07.05.2026