Chechenistonlik 5 yoshli bola kuch mashqini bajarish bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Checheniston sport vazirligi yotgan holda ikkita qo‘lda gavdani tushirib-ko‘tarish bo‘yicha yangi milliy rekordni qayd qildi. Ma'lum qilinishicha, bu rekordni 5 yoshli Rahim Kuriyev o‘rnatgan.
Bola 2 soat 26 daqiqa davomida 4105 marta gavdasini tushirib-ko‘tara olgan. Bolakay ushbu mashqni 5 ming marta bajarmoqchi bo‘lgan, biroq hozircha bunga kuchi yetmagan.
Bola ota-onasining aytishicha, farzandlari sport bilan bir necha yildan beri shug‘ullanadi. U trenajyor zaliga bormaydi, asosan otasi nazorati ostida uyda mashq qiladi.
Ushbu mashq bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida avvalgi rekord kalmikiyalik 5 yoshli Batu Boktayevga tegishli bo‘lgan: 2015 yil dekabrda u 4050 marta gavdani tushirib-ko‘tara olgan. Bungacha esa eng kuchli bola kiyevlik 7 yoshli Andrey Kostash hisoblanib, u bu mashqni 4 ming marta bajara olgan.
Rekordchi bola ma'lum vaqtdan keyin yana bir urinishni amalga oshirib, o‘z rekordini yangilamoqchi. Sport vaziri Muso Xonarikovning ta'kidlashicha, bolakay o‘z g‘alabasini Checheniston rahbari Ramzon Qodirovga bag‘ishlashini aytgan.
Mavzuga oid
20:19 / 25.11.2024
Qur’onni yoqqani uchun qamalgan Nikita Juravelga yangi hukm o‘qildi - u «davlatga xiyonat»da aybdor deb topildi
14:56 / 17.11.2024
Ijrosini 11 yil kutgan “hukm”: 18 yoshli chechen qizni zo‘rlab o‘ldirgan rossiyalik zobit taqdiri haqida
15:10 / 12.11.2024
Zarema Musayevaga nisbatan yangi jinoiy ish ochildi
12:27 / 06.11.2024