Sport | 16:20 / 13.11.2018
7752
2 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola «MYu»ni Angliya chempionligi uchun da'vogarlar safiga qo‘shmadi

Foto: Getty Images

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya chempionligi uchun asosiy da'vogarlar haqida gapirdi.

«Menimcha, «Man Siti» xuddi «Liverpul», «Chelsi», «Arsenal» va «Tottenhem» qatorida chempionlik uchun asosiy da'vogarlardan biri. Biz eng yaqin ta'qibchidan faqat 2 ochko oldindamiz.

O‘tgan mavsumda biz «Enfild»da ochko ololmagandik, bu mavsumda esa durang o‘ynadik. 

Biz bu mavsumda ham  yaxshi o‘ynamoqdamiz. Men hamisha o‘yinni yanada yaxshilash tadorigini ko‘raman.

Hozir noyabr. Oldinda hali ko‘p o‘yinlar bor, hali birinchi davra ham yakunlanmadi, futbolda har narsa bo‘lishi mumkin.

Endi biz o‘zimizni yaxshi his qilmoqdamiz. «Man Siti» terma jamoa o‘yinlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan keyingi davrni yaxshi o‘tkazdi, biz undan oldingi oxirgi o‘yinda «Liverpul» darvozasiga o‘yin oxirida penaltidan gol urolmagandik.

Biz keyingi oy mobaynida a'lo darajada o‘yin ko‘rsatdik. Ko‘p gol urdik va ko‘plab golli vaziyatlar yaratdik. «Man Siti» ritmga tushib oldi», – degan Gvardiola.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid