Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh Xitoydan aniq takliflar talab qilmoqda
Foto: AFP 2018 / Wang Zhao
Vashington savdo muzokaralari qayta boshlanishidan oldin Pekindan aniq takliflarga erishish uchun harakat qilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga asosan xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy Qo‘shma Shtatlarning «bosimi»ga faol qarshilik ko‘rsatmoqda.
Qayd etilishicha, Pekin muzokaralarga qadar AQSh bilan bitim bo‘yicha takliflarni ilgari surish niyatida emas, sababi o‘z ustunligini yo‘qotib qo‘yishdan xavfsiramoqda.
Shu bilan birga, AQSh hukumati Pekin Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Tramp va XXR raisi Si Tszinpin o‘rtasidagi uchrashuv oldidan Vashingtonning talablariga yon bosishiga umid qilyapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Xitoy bo‘yicha yangi topshiriq bergandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp vazirlar mahkamasiga Xitoy bilan savdo kelishuvi ishlab chiqish haqida topshiriq berdi. Bu haqda Bloomberg xabar qilgan.
Ta'kidlanishicha, Tramp Argentinadagi G20 sammitida Xitoy rahbari Si Tszinpin bilan kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda. Shu munosabat bilan, u asosiy vazirlarga savdo kelishuvi uchun ehtimoliy shartlar ishlab chiqish haqida topshiriq bergan.
Mavzuga oid
22:13 / 08.02.2026
AQSh Yaqin Sharqqa harbiy yuklar tashish sur’atini oshirmoqda
13:30 / 07.02.2026
AQSh elchisi Polsha Seymi spikeri bilan aloqalarni uzmoqda
11:19 / 07.02.2026
Tramp: Eron bilan muzokaralar yaxshi ketyapti, unga kelishuv qiziq
09:31 / 07.02.2026