OAV: Tramp Xitoy bo‘yicha yangi topshiriq berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp vazirlar mahkamasiga Xitoy bilan savdo kelishuvi ishlab chiqish haqida topshiriq berdi. Bu haqda Bloomberg xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, Tramp Argentinadagi G20 sammitida Xitoy rahbari Si Tszinpin bilan kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda. Shu munosabat bilan, u asosiy vazirlarga savdo kelishuvi uchun ehtimoliy shartlar ishlab chiqish haqida topshiriq berdi.
Xabar qilinishicha, ehtimoliy bitimga Xitoy tomonining tashabbusi bilan payshanba kuni o‘tkazilgan Tszinpin va Tramp o‘rtasidagi telefon muloqoti sabab bo‘ldi. Donald Trampning tvitterda yozishicha, suhbat «uzoq va juda yaxshi» bo‘lgan. Uning ta'kidlashicha, gap asosan savdo masalasi bo‘yicha kechgan, ammo prezidentlar Shimoliy Koreyani samarali tarzda muhokama qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Xitoy fuqarolarini josuslikda ayblagandi.
Mavzuga oid
02:48 / 06.11.2024
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov
00:26 / 06.11.2024
Tramp atrofida aylanayotgan Amerika siyosati: nega bunday bo‘ldi?
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023