Jahon | 09:14 / 13.11.2018
5171
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Kaliforniyani tabiiy ofat hududi deb e'lon qildi

Foto: Shawn Thew / dpa

AQSh prezidenti Donald Tramp Kaliforniya shtatini o‘rmon yong‘inlari tufayli tabiiy ofat hududi deb e'lon qildi. Bu haqda u tvitterda xabar bergan.

«Men dahshatli azob-uqubatlarni yengillashtirish uchun tezda javob berishni xohladim», - deya yozgan Tramp.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Kaliforniya uchun tabiiy ofat rejimini joriy etish borasidagi so‘rovni ma'qullagan.

Foto: Justin Sullivan/Getty Images/AFP

Kaliforniya janubida ikkita yong‘in avj olgan. Woolsey yong‘ini 33 ming gektar yerni qamrab oldi hamda 10%ga bartaraf qilindi. Yana bir yong‘in, Hill 1,8 ming gektar joyga tarqaldi va hozirda 75%ga bartaraf etilgan. Shtat janubidagi yong‘inlar oqibatida jami 179ta bino vayronaga aylandi, olov kamida 57 mingta bino-inshootlarga tahdid solmoqda.

Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari tufayli 300 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan. 

Mavzuga oid