Turizm sohasiga eng bog‘liq shaharlar ma'lum qilindi
Jahon sayohat va turizm kengashi (WTTC) dokladida ma'lum qilinishicha, Meksikaning Kankun shahri turizmga eng bog‘liq shahar deb topildi. Ta'kidlanishicha, shahar yalpi ichki mahsulotining deyarli yarmi, aniqrog‘i 49,6 foizi aynan shu sohaga to‘g‘ri keladi.
Ommaviy kurortga aylantirilgan Kankun 1972 yilgacha oddiy baliqchilar qishlog‘i bo‘lgan. Hozirda u yerga tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlarning 63 foizini AQSh fuqarolari tashkil qiladi.
Ro‘yxatning 2-o‘rnini Marrakesh (Marokash) shahri egalladi (YaIMning 30,2 foizi). Bu yerga keluvchi xorijiy sayyohlarning uchdan bir qismini fransuzlar tashkil qiladi.
3-o‘ringa Makao qo‘yilgan. Bu shaharda sayyohlik sohasidan olinadigan daromad YaIMning 29,3 foizini tashkil qiladi. Shuningdek, yetakchi beshtalikka AQShning Orlando shahri (18,7 foiz) va Turkiyaning Istanbuli (17,6) kiritilgan.
Shuningdek, reytingning yuqori o‘ntaligiga Venetsiya, Dubrovnik (Xorvatiya), Dubay, Las-Vegas va Bangkok kirgan.
Mavzuga oid
15:17 / 11.11.2024
Italiyaning Pompey shahri xarobalariga sayohatchilar tashrifi cheklanadi
09:40 / 31.10.2024
Toshkentda "Ipak yo‘lida turizm" xalqaro sayyohlik yarmarkasi o‘tkaziladi
09:35 / 19.04.2024
O‘zbekistonda birinchi lyuks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi
09:10 / 11.03.2024