Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Tramp Mey bilan Eron tufayli urishib qoldi
Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot davomida Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan urishib qoldi. Bu haqda Mediaite xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, ikki rahbar o‘rtasidagi keskin muloqotga Londonning Eronga nisbatan pozitsiyasi sabab bo‘ldi.
Tramp Eronni bosib turish bo‘yicha yetarli darajada sa'y-harakat qilmayotgani uchun Meyni tanqid ostiga olgan, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi adolatsiz savdo bitimlaridan norozi ekanini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning Yaman mojarosidagi ishtiroki Eron bilan urushga olib kelishi mumkinligi aytilgandi.
Time’ning yozishicha, AQShning Yamandagi urushda ishtirok etishi Eron bilan harbiy to‘qnashuvga olib kelishi mumkin. Vashington Yamanda Saudiya Arabistoni manfaatlarini qo‘llab-quvvatlaydi, bu mamlakatning jahon sahnasida inson huquqlari himoyachisi sifatidagi pozitsiyaga zararli, iqtisodiy jihatdan katta foyda keltirmaydi va amerikaliklarni Saudiyaning mintaqaviy raqibi - rasmiy Tehron bilan urushiga olib kelishi ehtimoli bor.
Mavzuga oid
08:38 / 01.12.2025
Tramp urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imkoniyatini “yaxshi” deb baholadi
23:44 / 28.11.2025
Eron futbol bo‘yicha jahon chempionati qur’asini boykot qilmoqchi
11:12 / 28.11.2025
Dunyodagi urushlar va O‘zbekiston: “Geosiyosat”da talabalar bilan suhbat
10:40 / 25.11.2025