AQŞning Yamandagi uruşda iştirok etişi Eron bilan harbiy töqnaşuvga olib kelişi mumkin. Vaşington Yamanda Saudiya Arabistoni manfaatlarini qöllab-quvvatlaydi, bu mamlakatning jahon sahnasida inson huquqlari himoyaçisi sifatidagi pozitsiyaga zararli, iqtisodiy jihatdan katta foyda keltirmaydi va amerikaliklarni Saudiyaning mintaqaviy raqibi - rasmiy Tehron bilan uruşiga olib kelişi ehtimoli bor. Bu haqda Time yozmoqda.
AQŞ prezidenti Donald Trampning «Amerika hammasidan ustun» şiori Yamandagi uruş fonida «Saudiya Arabistoni hammasidan ustun»ga aylandi. Bunda AQŞning iştiroki tinç aholi orasidagi minglab qurbonlarga olib keldi, deyiladi materialda.
AQŞ Yamandagi uruşda iştirok etayotgan Saudiya kuçlarini tört yildan beri qöllab-quvvatlayapti. Xususan, amerikaliklar koalitsiya kuçlari bilan razvedka ma'lumotlarini alişmoqda, moddiy-texnik yordam körsatişmoqda, şuningdek, Saudiyaga qurol sotişmoqda. Sotilgan qurol-yaroğ orasida lazerli nişonga oliş bombasi ham bölgan, u Yamanda 40 nafar bolaning halok bölişiga olib kelgan maktab avtobusiga hujumda işlatildi.
Ötgan haftada huquq himoyaçilari va Amerika kongressi a'zolari AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Yamanda faoliyat yuritayotgan Saudiya kuçlari aviatsiyasini yoqilği bilan ta'minlaşni töxtatişi haqidagi xabarni yoqlab çiqişdi. Bu qarordan keyin, Amerika ma'muriyati dunyodagi eng yomon gumanitar inqiroz deb atalayotgan Yamandagi uruşda öz iştirokini kamaytirişga qaratilgan çaqiriqlarga quloq tutgandek tuyuldi, deb yozmoqda Time.
Biroq, amerikalik amaldorlarning bayonotidan köp ötmay, Saudiya hukumati aynan podşohlik rasmiylari yoqilği bilan ta'minlaşni töxtatiş «haqida söragani», sababi ularning qurolli kuçlari buning uçun öz imkoniyatlarini yetarli darajaga yetkazgani haqida aytib ötdi.
Pentagon rahbari Jyeyms Mettis Saudiya hukumatining qarorini qöllab-quvvatlab, ular AQŞ bilan maslahatlaşgani haqida ma'lum qildi. Naşrning ta'kidlaşiça, bu Amerika hukumatining Saudiya Arabistonini qöllab-quvvatlaşidan darak beruvçi yana bir qaroriga aylandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Yamandagi uruşni tugatiş niyatida ekani xabar berilgandi.












