O‘zbekiston | 12:55 / 14.11.2018
11327
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib oladi

Turkmaniston O‘zbekistondan katta partiyadagi qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib oladi.

Davlat axborot agentligining xabar berishicha, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tegishli qarorni imzolagan. Unda respublika Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga «Uzsanoateksport» (O‘zbekiston) aksionerlik jamiyati bilan katta partiyadagi qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalarini sotib olish maqsadida shartnoma imzolash haqida topshiriq berilgan.

Bundan tashqari, Turkmaniston vazirligi texnikalarga to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha hisob-kitoblarni ham qilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovni qabul qilgani xabar berilgandi.

Shuningdek, kecha O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarining telefon orqali o‘zaro muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid