Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovni qabul qildi. Bu haqda Turkmaniston Davlat axborot agentligi seşanba kuni xabar berdi.
Agentlik Özbekiston Taşqi işlar vazirligi rahbari bilan qanday masalalar muhokama qilinganligiga aniqlik kiritmagan.
Şuningdek, keça Özbekiston va Turkmaniston prezidentlarining telefon orqali özaro muloqoti bölib ötdi.
Şavkat Mirziyoyev matbuot xizmatining ma'lumotlariga köra, suhbatda davlat rahbarlari keng kölamli ikki tomonlama hamkorlikning holati va uni oliy darajada erişilgan kelişuvlar doirasida rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qildilar.
Prezidentlar özaro tovar ayirboşlaşni köpaytiriş, sanoat, energetika va qişloq xöjaligida kooperatsiyani kuçaytiriş, samarali transport yölaklarini şakllantiriş, hududlararo va gumanitar almaşuvni faollaştiriş masalalariga alohida e'tibor qaratdilar.











