«Haftasiga 2,5 soat» hayotingizni qanday o‘zgartirishi mumkin?
Agar buni haftasiga bor-yo‘g‘i 2,5 soat bajarsangiz, vaqtidan ilgari o‘lim ehtimolini deyarli 30 foizga kamaytirasiz. Bundan tashqari, yurak qon-tomir kasalliklariga chalinish ehtimoli ham 20 foizga kamayadi. Gap jismoniy faollik haqida bormoqda.
2003 yildan 2010 yilga qadar yetti yil mobaynida kanadalik olimlar jismoniy faollikning hayotimizdagi o‘rnini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot olib borishdi. Unda 35 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 130 mingta odam ishtirok etdi. Ular turli mamlakat vakillari bo‘lib, hayot darajalari ham turlicha edi.
Tadqiqot yakuni juda qiziq. Agar yurak qon-tomir kasalliklari, infarkt yoki insultning yuzaga kelishi ehtimolini kamaytirishni istasak, harakatlanishimiz lozim. Haftasiga hech bo‘lmaganda 150 daqiqa (2,5 soat). Har qanday jismoniy faollik hisobga olinadi. Bu odatiy uy tozalash yoki sayr bo‘lishi mumkin. Albatta, sport zalida ham shug‘ullanish mumkin – ortiqchalik qilmaydi. Sog‘lik nuqtai nazaridan har qanday faollik to‘g‘ri keladi.
Zamonaviy hayotda tobora «o‘tirish holatidagi hayot tarzi»ga amal qilmoqdamiz. Bunga ofisdagi ish va jamoat hamda shaxsiy transport tizimining rivojlanishi sabab bo‘lmoqda. Faol turmush tarziga oid ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilishiga qaramay, odam tobora «ko‘p o‘tirishda davom etyapti». Natijada ortiqcha vazn, ko‘plab kasalliklarga moyillik yuzaga kelmoqda.
Haftasiga 150 daqiqa – kuniga 20 daqiqadan biroz ortiq degani. Ko‘pchilikning jismoniy faolligi undan ham kamroq. Bu vaqt davomiyligini oshirish bo‘yicha maslahatlar quyidagilardan iborat:
- Ishgacha hech bo‘lmaganda bir bekat piyoda yuring;
- Zinalar hisobiga liftlardan voz keching;
- Agar mashinada yursangiz, mashinangizni ishxona yoki uchrashuv joyidan uzoqroqda qoldiring;
- Do‘konga piyoda boring;
- Kechki payt piyoda yurish uchun 10 daqiqa vaqt ajrating.
Agar bu bandlardan bir nechtasini bajarishga harakat qilsangiz, jismoniy faolligingiz ortadi. Aytgancha, harakatning yana bir ijobiy jihati zo‘riqishni yengishda yordam beradi. Kechki mahaldagi sayr kishiga xotirjamlik baxsh etadi. Sinab ko‘ring!
Siz harakat haqida qanday fikrdasiz? Kuniga hech bo‘lmaganda 5 ming qadam bosib o‘tasizmi?
Mavzuga oid
15:46
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:19 / 13.11.2024
Ularni har kuni yutamiz: havoni ifloslantiruvchi 10 ta eng zararli modda
12:53 / 10.11.2024
Yangi tadqiqot ijtimoiy tarmoqlarning zarari haqidagi stereotipni rad etdi
17:59 / 08.11.2024