Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google Earth’da O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari paydo bo‘ladi
Google Earth va shunga o‘xshash dasturlarga joylashtirish uchun Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va boshqa shaharlardagi diqqatga sazovor joylarning 3D modeli ishlab chiqilishi kutilmoqda. 2025 yilgacha bo‘lgan davrda Turizmni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida shunga oid ma'lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, loyihaga ko‘ra, O‘zbekistonning turli shaharlarida maxsus bunyod etilayotgan amfiteatrlarda sayyohlarga namoyish qilish uchun 3D mepping formatidagi videofilmlar ham yaratiladi.
Bundan tashqari, «Uzbek-cuisine.com» yagona reyestriga xorijiy mamlakatlarda joylashgan o‘zbek milliy taomlari tayyorlanuvchi restoranlar ro‘yxati kiritiladi. Chet mamlakatlardan O‘zbekistonga oid so‘rovlarni kiritib, yaqin oradagi o‘zbek milliy taomlari restoranlari geolokatsiyasidan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Kontseptsiya loyihasiga ko‘ra, respublika ta'lim muassasalarida YuNVTOning TedQual (Tourism Education Quality - Turistik ta'lim sifati) tizimi bo‘yicha turistik ta'limni sertifikatlash xalqaro tizimi joriy qilinadi.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
12:12 / 09.06.2026